Cadillac kompaniyasi CTS-V sedanining Glacier Metallic Edition nomini olgan maxsus seriyasini ishlab chiqarmoqda. Amerika kompaniyasi Cadillac'ning 115 yilligiga cheklangan adadda - 115 ta sedanni taqdim etadi. Motor1 shu haqida xabar berdi.
Faqatgina AQSh bozoriga yo‘naltirilgan maxsus Glacier Metallic Edition seriyali Cadillac CTS-V eksklyuziv och kulrangga bo‘yaladi. Bundan tashqari, sedan ekstereri Carbon Fiber Package dizayn-paketi detallari, xususan, old splitter, orqa spoyler, 19 dyuymli g‘ildirak disklari va to‘q qizil rangdagi Brembo supportlari bilan to‘ldirilgan. Avtomobil saloni Recaro sport kreslolari bilan jihozlangan.
CTS-V Glacier Metallic Edition shuningdek uch zonali iqlim nazorati va barcha kreslolarni isitish tizimlari, lyuk hamda video yozuvchi Performance Data Recorder qurilmasi bilan ta'minlangan.
Maxsus seriyali Cadillac CTS-V sentabr oyidan Amerika avtosalonlarida sotuvga chiqadi. Yangi avtomobilning minimal bahosi - 103 885 dollar.