Xiaomi yangi hamyonbop Redmi Note 5A smartfonini taqdim etdi. Bu haqida 3dnews portali xabar berdi.
Ikki qurilma ham 5,5 dyuymli sensor displeyga ega. Smartfon uch xil rangdagi metall korpuslarda namoyish etildi - tillarang, pushti va kumushrang. Barmoq izlari skaneri - telefonning orqa tomonida, displey ostida esa sensor boshqaruv tugmalari bor.
Redmi Note 5A ikki sim karta uchun ikkita alohida va microSD karta uchun bir slotga ega. Avvalgi modellarda ikki sim karta yoki sim-karta va microSD karta uchun bir gibrid slot bo‘lgan.
Redmi Note 5A'ning ikki xil protsessorli variantlari, shuningdek doimiy hamda operativ xotirali uch xil variantlari bor. "To‘ng‘ich" model 16 megapiksel frontal kameraga ega bo‘lgan bo‘lsa, "kenajasi" - 13 megapikselli kamera bilan ta'minlandi.
Smartfonlar, komplektiga qarab, 2, 3 yoki 4 Gb operativ va 16, 32 yoki 64 Gb doimiy xotiraga ega. Akkumulyator sig‘imi - 3080 mAs.
Redmi Note 5A smartfonlari shu hafta oxiriga qadar sotuvga chiqadi. Ularning narxi modifikatsiyasiga qarab, 100-180 dollarga baholanadi.