«Buker» laureati: ijtimoiy tarmoqlar tufayli bolalar 20 yildan so‘ng savodsiz bo‘ladi

Fan-texnika 17:00 / 22.08.2017 3445

Yozuvchi va Buker mukofoti laureati Hovard Jyeykobsonning ma'lum qilishicha, ijtimoiy tarmoqlar va smartfonlar yoshlarning nutqiga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda. Bu haqda International Business Times xabar berdi.

Uning ogohlantirishicha, bolalarning keyingi avlodi Twitter’dan faol foydalanishda davom etsa, savodsiz va o‘z fikrlarini sifatli darajada ifoda eta olmaydigan bo‘lib voyaga yetadi. 

«Agarda Tramp bizni kelasi yili yo‘q qilib yubormasa, 20 yildan so‘ng bizni ijtimoiy tarmoqlar yo‘q qiladi», - deya ma'lum qilgan Jyeykobson. «Bizda o‘qishni bilmaydigan va istamaydigan bolalar bo‘ladi».

Avvalroq Tramp ijtimoiy tarmoqdan ketsa, Twitter 2 milliard dollar zarar ko‘rishi xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: