Xitoyning Xiaomi kompaniyasi MIJIA brendi ostida "aqlli" krossovkalarni ishlab chiqardi. Ular Bluetooth bilan ta'minlangan bo‘lib, fitnes-bilakuzuk tamoyiliga ko‘ra ishlaydi. Gizmochina sayti shu haqida ma'lum qildi.
Free Tie Leather charm krossovkalari fitnes-datchik va Bluetooth'ga ega. Ular yordamida sport poyabzalini Android va iOS boshqaruvi ostidagi smartfonlarga ulash mumkin.
"Aqlli" krossovkalar uchun Mi Smart Home ilovasi yaratilgan. Foydalanuvchi ilova yordamida bosib o‘tilgan masofa va qadamlar soniga doir ma'lumotlarni olishi mumkin. Bundan tashqari, ilova kaloriyalar haqidagi ma'lumotlarni ham taqdim etadi.
Krossovkalar oq va qora ranglarda sotuvga chiqqan. Ularga home.mi.com. saytida buyurtma berish boshlangan. Krossovka narxi - 30 dollar.