Hozirda elektr avtomobillar nihoyatda ommalashmoqda. Ular nafaqat ekologik toza transport vositalari hisoblanadi, balki yuqori texnologiyalarga qiziquvchi iste'molchilarni jalb qiladi. Bu mahsulotlar ularga qiziqish kattaligi bo‘yicha, ehtimol, smartfonlar bilan tenglashib olgan va shu sababli Volkswagen kompaniyasi o‘zining elektr mikroavtobusi Microbus savdosini boshlashi haqidagi xabar eng muhim texnologik mavzulardan biriga aylandi.
Kaliforniya sohillaridda eng sevimli avtomobil hisoblangan Volkswagen Microbus bozorga elektr transport vositasi sifatida qaytmoqda. Volkswagen o‘z kontseptinining I.D. Buzz deb nomlangan versiyasini ishlab chiqarish bo‘yicha rejalarini ma'lum qildi. Kompaniya yangi avtomobil 2020 yilgacha sotuvga chiqarilishiga umid qilmoqda.
Avvalroq 2017 yilda Detroyt avtosalonida namoyish qilingan mashina kompaniya 1950- yillardan 1980-yillargacha Shimoliy Amerikada sotgan mikroavtobus vorisi bo‘ladi. Ishlab chiqariladigan yangi model “yassi tumshuqli” original modeldan biroz farq qiladi, chunki barcha batareyalar pol ostiga yashirilgan bo‘ladi. Taxmin qilinishicha, yangi mikroavtobus Chevrolet Bolt’ga juda o‘xshash bo‘ladi.
I.D. Buzz original mikroavtobus kabi yuk mashina versiyasida ham taqdim qilinadi. Bunday mikroavtobus turli bozorlarga mo‘ljallanadi.
I.D. Buzz modeli Volkswagen’ning I.D. modelidagi elektr avtomobili paydo bo‘lgandan keyin chiqariladi. Ta'kidlanishicha, yangi mikroavtobus elektr bilan quvvatlash va mashinani qo‘shimcha quvvatlashga ehtiyoj sezilmaydigan vaqt bo‘yicha afzalliklarga ega bo‘ladi.