Samsung Galaxy S9 cmartfoni bilan bog‘liq ba'zi ma'lumotlar oshkor bo‘ldi

Fan-texnika 22:34 / 21.08.2017 23127

Samsung Galaxy S9 va Galaxy S9+ smartfonlari yangi Snapdragon 845 protsessori negizida ishlovchi birinchi va muayyan vaqtga yagona smartfonlar bo‘ladi. Buni prognozlarida deyarli hech qachon adashmaydigan Ice universe insayderi Weibo ijtimoiy tarmog‘ida ta'kidlab o‘tdi. 

Turli manbalar yarim yildan beri Samsung kompaniyasi Qualcomm ishtirokida yangi mobil protsessor yaratayotgani haqida tinmay xabar bermoqdalar. Taxmin qilinishicha, yangi protsessor bilan bo‘lg‘usi Galaxy S9 smartfonlari jihozlanadi.

Snapdragon 845’dan avvalgi Snapdragon 835’ga nisbatan elektr energiyani 15 foizga kamroq iste'mol qilgani holda 10 foizga unumdorroq ishlashi kutilmoqda. Darvoqe, Galaxy S9 5,77 dyuymli, Galaxy S9+ esa 6,22 dyuymli ekran oladi. Ekranning joriy formati hamda tomonlar nisbati, yon tomonlardagi bukiklar, yuqoridagi va pastdagi ingichka qirralar saqlanib qoladi. Ehtimol, Galaxy S9 va S9+ orqa paneli hozirda Galaxy S8 va S8+ da qo‘llangan datchiklar bilan jihozlanadi. “Uyga” tugmasi bo‘lmaydi. Insayder shuningdek ikkita asosiy kamera joriy qilinishi mumkinligini aytmoqda.  

Snapdragon 820 va 821 protsessorlari juda muvaffaqiyatli chiqib, Snapdragon 810 protsessori bilan bog‘liq muvaffaqiyatsizlikdan keyin (juda qizib ketardi) Qualcomm’ga yana ishonchni qaytardi. Keyin bozorga Snapdragon 835 protsessori chiqqan. Bu protsessor Samsung Galaxy S8, Xiaomi Mi6 va Sony XZ Premium smartfonlarida qo‘llangan. 

Ko‘proq yangiliklar: