Agarda siz provayder internetning ma'lum qilingan tezligini ta'minlamayapti, deb hisoblasangiz, yoki shunchaki uni o‘zingiz uchun bilmoqchi bo‘lsangiz, sizga maxsus servislar talab etiladi.
Qurilmani tayyorlang
Bu harakatlar testlarning natijasi aniq bo‘lishiga yordam beradi.
1. Brauzerdagi ortiqcha sahifalarni, torrent-mijoz va internet-kanaldan foydalanishi mumkin bo‘lgan boshqa dasturlarni yoping.
2. O‘zingiz tarmoq tezligini testdan o‘tkazmoqchi bo‘lgan qurilmadan boshqa barcha qurilmalarda internetni o‘chiring.
3. Agarda tekshiruv jarayonini internetga Wi-Fi orqali ulangan kompyuter orqali amalga oshirayotgan bo‘lsangiz, kabel orqali ulanishga harakat qilib ko‘ring.
4. Brauzerning reklamani to‘suvchi va boshqa jihatlarini o‘chirib qo‘ying
Ko‘rsatkichlarni aniqlang
Kiruvchi tezlik (Download Speed) — tarmoqdan fayllarni yuklash tezligi. Soniyasiga megabitlar bilan o‘lchanadi (Mbit/s). Bu ko‘rsatkich muhim sanaladi, aynan uni internetning tezligi, deb atashadi. U qanchalik yuqori bo‘lsa, veb-sahifalar shunchalik tez ochiladi, narsa yuklanadi va o‘yinlar hamda onlayn-translyatsiyalar barqaror ishlaydi.
Chiquvchi tezlik (Upload Speed) — tarmoqqa fayllarni yuklash tezligi. Bu ko‘rsatkich qanchalik yuqori bo‘lsa, ma'lumotlar lokal qurilmadan server yoki boshqa foydalanuvchilar qurilmasiga shunchalik tezlik bilan yuboriladi.
Ping (Ping) — ma'lumotlar lokal qurilmadan serverga borishi va javob kelishiga aloqador umumiy vaqt. Millisoniyalarda o‘lchanadi (Ms). Bu ko‘rsatkich qanchalik past bo‘lsa, ma'lumotlar almashish ham shunchalik tez bo‘ladi. Odatda, 50 Ms.dan past ping og‘ir onlayn-o‘yinlarni bemalol o‘ynashga imkon beradi.
Internet tezligini quyidagi servislar orqali o‘lchang
Tushunish lozimki: har bir servis faqatgina taxminiy ko‘rsatkichlarni beradi. Buning ustiga ping, yuklash va berish tezligi masofa hamda serverning texnik o‘ziga xos jihatlariga bog‘liqdir. Shuning uchun tezlikni turli servislarda o‘lchash va o‘rtachasini natija sifatida olish lozim.
Agarda simsiz ulanishdan foydalanayotgan bo‘lsangiz, natijaga modem/routerning o‘ziga xos jihatlari, simsiz tarmoqdagi tebranishlar va signal manbasidan qanchalik uzoqda joylashganlik ham ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Bunday holatda internet tezligi kabel orqali o‘sha provayderga ulanishdagi tezlikdan ancha past bo‘lishi mumkin.
Testning rasmiy saytini oching – tizim darhol tekshiruvni boshlaydi. Bu servis eng oddiysi. U faqatgina kiruvchi tezlikni aniqlaydi.
Saytga o‘ting va “Boshlash” tugmachasini bosing. Servis tekshiruv jarayoni tugaganidan so‘ng kiruvchi hamda chiquvchi, shuningdek, ping tezliklarini aniqlaydi. Agarda telefon yoki planshetda tezlikni tekshirayotgan bo‘lsangiz, Android yoki iOS uchun ilovadan foydalanishingiz mumkin. Shuningdek, Google Chrome uchun Speedtest’ning kengaytirilgan varianti bor.
2ip.ru saytini oching va “Internet-ulanish tezligi” bandiga bosing. So‘ng “Testdan o‘tkazish” tugmachasini bosing. Servis ping, kiruvchi va chiquvchi tezlikni tahlil qiladi hamda natijalarni taqdim etadi.
Servis saytini oching va “O‘lchash” tugmachasiga bosing. “Yandeks.Internetometr” internetning kiruvchi hamda chiquvchi tezligini tekshiradi.
Yuqorida nomlari keltirilgan ixtisoslashtirilgan servislardan tashqari, internetning kiruvchi tezligini μTorrent yoki boshqa istalgan torrent-mijoz yordamida tekshirish mumkin. Bu usul qulay bo‘ladi, faqatgina siz fayllarni trekerlardan qanday ko‘chirib olishni bilishingiz lozim.
Test uchun mijozdan foydalanish maqsadida bo‘lsangiz, istalgan katta faylni yuklashga qo‘ying. Unda beruvchi sidlar 1 000 dan oshiq bo‘lishi hamda yuklovchi lichlar kamroqni tashkil etishi kerak. Mijoz sozlamalarida mahsulotni yuklash tezligi uchun cheklovlar ko‘rsatilmagani va u fayllarni bir vaqtning o‘zida boshqa joylardan yuklab olmayotganiga ishonch hosil qiling.
Torrent-mijoz har doim narsani yuklab olayotgan tezlikni ko‘rsatadi. Uning o‘rtacha ko‘rsatkichi internetning taxminiy kirish tezligiga barobar. Agarda u soniyasiga megabitlarda emas, balki megabaytlarda ko‘rsatilayotgan bo‘lsa, ko‘rsatkichlarni testlar natijasi bilan taqqoslashingiz mumkin: bir megabaytda sakkiz megabit.