Kelajakning eng kutilayotgan smartfon modellari Top-5 ro‘yxati ma'lum qilindi. The MiseTimes of Asia shu haqidagi ma'lumoti bilan bo‘lishdi. Ekspertlar shaxsiy tahlillarini o‘tkazib, 2017 yil versiyasiga ko‘ra eng yaxshi gadjyetlar nomini e'lon qilishdi.
Birinchi o‘rin 2015 yilda taqdim etilgan, ammo futuristik funksiyalari ko‘pligi sabab hanuz bozorga chiqmagan Comet smartfoniga nasib etdi. Ma'lumotlarga ko‘ra, gadjyet suv o‘tkazmasligi bilan birga suvda cho‘kmaydi ham. Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchilar qurilmaning yon panellarida original LED chiroqlarini o‘rnatishni rejalashtirishgan.
Ikkinchi o‘rinni Apple IT-gigantining iPhone 9 qurilmasi egalladi. Ushbu gadjyetning o‘ziga xosligi shundaki, u VR'ga kirish imkoniga ega bo‘ladi. Shuningdek xaridorlarga kengaytirilgan 4K OLED-ekranlari taklif etiladi. Model 8 yadroli protsessor va 8 Gb operativ xotira bilan ta'minlanadi.
Reytingning uchinchi satri Nokia morph tomonidan band etildi. Bu telefon to‘liq moslashuvchan sensor ekran bilan ta'minlanadi, smartfonni egasining talablariga moslashtirish oson. Qurilma o‘z-o‘zini himoyalovchi va suv o‘tkazmaydigan xususiyatlarga ega bo‘ladi.
To‘rtinchi pog‘onada iPhone X qayd etilgan bo‘lib, ushbu smartfon Apple tarixidagi eng qimmat qurilma bo‘ladi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, uning sotuvga chiqadigan narxi 1000 dollardan oshadi. Gadjyet eng innovatsion funksiyalar, shu jumladan 3D-sensor bilan ham ta'minlangan. Kompaniya jismoniy tugmalardan voz kechishi, korpusni esa mutloq shishadan ishlashi rejalashtirilmoqda.
Beshinchi o‘rinda Triple display flip phone keltirilgan. Bu qurilma uch ekranga ega bo‘lib, ularning bari bir vaqtning o‘zida faoliyat yuritish xususiyatiga ega. Displeylarni uchburchak qilish va istagancha foydalanish mumkin bo‘ladi.