ASUS ZenFone 4 va Zenfone 4 Pro flagmanini namoyish etdi

Fan-texnika 15:30 / 18.08.2017 4675

ASUS ikki karra optik zum kamerali ZenFone 4 Pro va keng burchakli obektivli ZenFone 4 flagmanini namoyish qildi. Bu haqida "Layfxaker" ma'lum qildi. 

ZenFone 4 va 4 Pro bir uslubda ishlangan. Ularning shisha korpusi metall ramkali, farqi - ikki asosiy kameraning jihozlanishida. Bundan tashqari, ZenFone 4 Pro'ning orqa panelida naqsh yo‘q.  

Smartfonlar 5,5 dyuymli Full HD 1 920 × 1 080 piksel displeyga ega. Kenja qurilma paneli - IPS+, to‘ng‘ichi esa - AMOLED texnologiyada ishlangan. Displey ostida barmoq izlari skaneri joylashgan. 

ZenFone 4 smartfoni 12 + 8 Mp sensorli kameraning ikkilamchi moduli o‘rnatilgan. Sensorlardan biri 120 darajali keng burchakli obektivga ega. 

ZenFone 4

ZenFone 4 Pro 16 + 12 Mp kamera bilan ta'minlangan. Ikki smartfonda ham 8 megapikselli frontal kamera o‘rnatilgan. 

ZenFone 4 qurilmasi - 399 dollar, ZenFone 4 Pro esa 599 dollarga baholanmoqda. 

ZenFone 4 Pro

ZenFone 4 / 4 Pro xususiyatlari

Chip: Snapdragon 630 yoki 660 / Snapdragon 835.
Xotira: 4 / 6 GB operativ va 64 / 128 GB ichki.
Akkumulyator: 3 300 / 3 600 mAs.
Tizim: Android 7 Nougat.

Ko‘proq yangiliklar: