Nokia'ning eng qimmatbaho smartfoni namoyish etildi

Fan-texnika 15:17 / 17.08.2017 16001

HMD Global kompaniyasi Nokia 8 smartfonini namoyish qildi. Bugunga qadar u kompaniyaning eng qimmat va unumdor telefoni hisoblanadi. Bu haqida kompaniyaning matbuot relizida xabar berildi. 

Nokia 8 smartfoni 5,3 dyuymli, 2560X1440 IPS-displeyga ega bo‘lib, Gorilla Glass 5 shishasi bilan himoyalangan. Ikkilamchi kamera 13 megapikselli va optik stabilizatsiyali rangli va monoxrom sensorlardan iborat. Bundan tashqari, u fazaviy avtofokus, infraqizil  masofa o‘lchagich bilan ta'minlangan.

Nokia 8'ning asosiy xususiyatlaridan biri - ijtimoiy tarmoqlarda bir vaqtning o‘zida ham asosiy, ham frontal kameradan translyatsiya olib borish imkoniyatining mavjudligida. Shuningdek bu Android'dagi Zeiss optikali birinchi smartfon bo‘lishi bilan birga Nokia OZO Audio funksiyasini ham qo‘llab-quvvatlaydi. 

Smartfon sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 835 protsessori, 4 Gb operativ va 64 Gb ichki xotiraga ega. Qurilma to‘rt xil rangda taqdim etildi: yaltiroq misrang, yaltiroq ko‘k, oddiy ko‘k va oddiy po‘latrang. 

Qurilma 1 sentabrdan Rossiyada sotuvga qo‘yiladi. Narxi - 40 ming rubl.

Ko‘proq yangiliklar: