Aloqa operatori Beeline Farg‘ona viloyati hududida 3G standartidagi yangi tayanch stansiyalarini tijorat qo‘llanuviga topshirdi.
Voqeani sharhlar ekan, Unitel‘ning Sharqiy hududiy filiali direktori Sanjarbek Iminov shunday dedi: “So‘ngi bir necha oy davomida biz Farg‘ona viloyati aholisini sifatli aloqa va mobil Internet bilan ta'minlash uchun muvaffaqiyat bilan yangi uskunalarni joriy qildik. Bu esa Beeline xizmatlarini takomillashtirish yo‘lida navbatdagi qadam bo‘ldi”.
Farg‘ona viloyatining administrativ markazida va qishloq hududlarida (Farg‘ona shahrining Dachnaya ko‘chasi bo‘ylab, shuningdek Boshariq, Bog‘dod, Dangar, Quva va Qushtepa tumanlarida) uchinchi avlod tarmog‘ida ishlaydigan tayanch stansiyalari ishga tushirildi.