Samsung kompaniyasi alkotester vazifasini o‘tashi mumkin bo‘lgan nafas datchigi bilan ta'minlangan yangi smartfon ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Patently Apple shu haqida xabar berdi.
Note smartfon maxsus stilusga ega bo‘lib, u qurilmaning pastki qismida, foydalanuvchining og‘ziga yaqin joyga mustahkamlanadi. Shu tariqa u hatto telefon muloqoti vaqtida ham foydalanuvchining nafasini tahlil qilishi mumkin.
Bundan tashqari, stilusni termometr sifatida ham qo‘llasa bo‘ladi.
Ta'kidlash joizki, Samsung chorak daromadi bo‘yicha ilk marta Apple'ni ortda qoldirdi. 2017 yilning ikkinchi chorak yakunlariga ko‘ra, Apple kompaniyasining sof daromadi 8,72 milliard dollarni tashkil qilgan. Samsung kompaniyasining chorak daromadi esa 9,7 milliard dollardan iborat bo‘lgan.