Kompaniyaning yangi televizori va saundbari soha ekspertlarining yuqori bahosini oldi.
LG’dan OLED-televizor oltinchi yildan beri Yevropa audio va videotexnika bo‘yicha jurnallar assotsiatsiyasining (EISA) o‘z qurilmalari turkumida eng yaxshisi, deb tan olinmoqda. Bu yili LG’dan juda ingichka OLED-televizor (model OLED65E7) EISA Eng yaxshi OLED-televizor 2017-2018 mukofotini ajoyib tasvir sifati va keng ko‘rish burchaklari sabab qo‘lga kiritdi. EISA hay'ati bu premium-darajadagi televizorni HDR 10 va DolbyVision (SM) shakllarini qo‘llab-quvvatlashi uchun ham alohida qayd etdi, foydalanuvchilar ular tufayli kinoteatr darajasidagi sifatli tovushdan bahramand bo‘lishlari mumkin.
LG’dan boshqa bir mahsulot - SUPERUHD-televizor (model 55SJ850V) rangning aniqligi va to‘yinganligi hamda LG’dan NanoCell (SM) texnologiyasidan foydalanilgan holda keng ko‘rish burchagi, shuningdek, foydalanuvchiga tushunarli bo‘lgan webOS 3.5 interfeysi uchun EISA eng yaxshi LCD-televizor 2017-2018 sovrinini qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari, u ActiveHDR shaklini qo‘llab-quvvatlashi mumkin, bu esa tasvirni ekranga istalgan burchakdan qaralganda qulaylik bilan ko‘rish imkonini optimallashtirish.
Shuningdek, LG saundbaroti (model SJ9) EISA Eng yaxshi saundbari 2017-2018 sovrinini qo‘lga kiritdi. Bunga sabab – uning dizayni juda noyob va tovush chiqarishi juda aniqdir, unga DolbyAtmos texnologiyasi tufayli erishilgan. Bu texnologiya tovushni istalgan uch o‘lchovli bo‘shliqda chiqarish imkonini beradi – hattoki tinglovchining boshi ustida ham – bunda haqiqatga juda ham yaqin tovush atmosferasi yaratiladi.
«LG kompaniyasi EISA sovrini hay'atiga bizning uydagi ko‘ngilochar tizimlar uchun OLED-texnologiyasini rivojlantirishdagi muvaffaqiyatlarimizni navbatdagi bora tan olgani uchun minnatdorlik bildiradi, - deydi LG Home Entertainment kompaniyasi prezidenti Brayan Kvon. – Bizning OLED-televizorlar kelajakda ham premium-darajadagi qurilmalar bozorida ilg‘or texnologiyalardan foydalanganligi, ajoyib tasvir sifati va dizayni uchun sovrinlar oluvchi mahsulotlar tufayli yetakchi pozitsiyalarni saqlab qoladi».
EISA’ning nufuzli sovrinlari har yili Yevropaning 20 dan ortiq davlati, AQSh va Avstraliyadan bo‘lgan audio hamda videotexnika bo‘yicha taniqli jurnallar muharrirlaridan tashkil topgan hay'at tomonidan har yili topshiriladi. Mahsulotlar qator mezonlar asosida baholanadi, ular orasida foydalanilayotgan texnologiyalar, dizayn va innovatsiyalar bor.
Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar LG’dan eng yangi OLED-televizorlar hamda audio tizimlarga kompaniyaning «MesseBerlin» ko‘rgazma markazidagi 18-raqamdagi zalida 1-6 sentabr kunlari shaxsan baho berishlari mumkin.
Reklama huquqi asosida