Amerikaning Apple korporatsiyasi kelgusi yilda shaxsiy videokontentini ishlab chiqarish uchun 1 milliard dollar sarflaydi. Bu haqida The Wall Street Journal xabar berdi.
Apple Inc. original kontent ishlab chiqarishga 1 milliard dollar hajmdagi byudjyet ajratdi. Manbaga ko‘ra, kompaniya marketingining ta'siri va global auditoriya qamrovi Apple'ni shundoq ham to‘lib ketgan media-ishlab chiqarish bozorida jiddiy o‘yinchiga aylantiradi.
Shuningdek, Apple'ning rejalaridan boxabar manbalarning ta'kidlashicha, kompaniya 10 tagacha televizion serial ishlab chiqarish huquqini sotib olishi mumkin.
Apple'ning yangi yo‘nalishdagi raqibi sifatida qator muvaffaqiyatli loyihalarga egalik qiluvchi Netflix kompaniyasini keltirish mumkin. Joriy yilda Netflix seriallar ishlab chiqarishga 6 milliard dollar sarflashi kutilmoqda.
Amerikaning Apple korporatsiyasiga 1976 yilda Stiv Jobs, Stiv Voznyak va Ronald Ueyn tomonidan asos solingan. Kompaniyaning shatb-kvartirasi Kupertino (Kaliforniya shtati)da joylashgan. Apple'ning bozor kapitalizatsiyasi 800 milliard dollardan oshadi.