Germaniyada elektrlashtirilgan yuk mashinalarini harakat vaqtida quvvatlash uchun mo‘ljallangan kontakt tarmog‘iga ega yo‘llar paydo bo‘ladi. Bu noodatiy yo‘lni qurish bilan Siemens kompaniyasi shug‘ullanadi. U 2012 yildan beri bunga mo‘ljallangan eHighway loyihasi ustida ish olib bormoqda.
Siemens g‘oyasi trolleybuslar harakatlanishi uchun o‘rnatiladigan osma kontakt tarmog‘i kabi tarmoqdan foydalanishdan iborat. Bunda gibrid yoki elektr kuch qurilmalariga ega yuk mashinalari tarmoqqa ulanish uchun maxsus ko‘tariluvchi shtangalar bilan jihozlanishi kerak.
Bunday yo‘llarning sinovi Shvetsiyada o‘tkazilmoqda, 2014 yilda eHighway tizimi AQShda paydo bo‘lgandi. Siemens va Gessen federal yeri ma'muriyati o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra avtobanda bunday yo‘ldan 10 km quriladi.
eHighway Germaniyada 2018 yildan boshlab ishlaydi. Dastlab loyiha oldida yuk tashishlarga jiddiy ta'sir qilish vazifasi turmaydi, chunki tarmoq davomiyligi yuk mashinasini sezilarli quvvatlashga imkon bermaydi. Agar loyiha muvaffaqiyatli amalga oshsa, u rivojlantiriladi.
Oxirgi yillarda bir nechta yirik kompaniya to‘liq elektrlashtirilgan yuk mashinalarini ishlab chiqishlarini e'lon qilganlar. Misol uchun, 2016 yilda bunday mashinaning bir quvvatlanishda 200 km gacha yura oladigan prototipini “Mersedes” kompaniyasi taqdim qilgandi. Joriy yil sentabrida bunday modelni Tesla taqdim qilmoqchi.