Rossiyaning "AlfaStraxovaniye" sug‘urta kompaniyasi 2017 yilning birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha mahalliy avtomobil o‘g‘rilari uchun eng qiziqish uyg‘otmaydigan avtomobillar reytingini tuzib chiqdi.
So‘nggi hisob-kitoblarga ko‘ra, avtoo‘g‘rilar uchun eng qiziqish uyg‘otmaydigan model Volvo XC60 yo‘ltanlamasidir. Ommabop bo‘lmagan mashinalar reytingining ikkinchi o‘rnini Skoda Octavia, uchinchi pog‘onani esa VAZ Kalina egallagan. To‘rtinchi o‘rinda BMW X3, beshinchida esa - Skoda Rapid’dir. Shuningdek, o‘nlikka Volvo XC90, VAZ Largus, Ford Kuga, Audi Q3 va Chevrolet Niva kirgan.
«AlfaStraxovaniye»dan xabar berishlaricha, reytingda taqdim etilgan avtomobillarning o‘g‘irlanish holatlari 0 foizga teng. Biroq, sug‘urta kompaniyasi matbuot xizmatining eslatishicha, olib qochishdan himoya vositalari va sug‘urtadan foydalanishni butunlay chetga surib tashlash kerak emas, sababi o‘g‘rilarning istaklari xohlagan paytda o‘zgarishi mumkin.
ENG KAM O‘G‘IRLANADIGAN TOP-25 AVTOMOBIL
2017 yilning birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha