Xitoylik olimlar jamoasi sho‘r suyuqliklar, jumladan ter, ko‘z yoshi va siydikda ishlovchi qayishqoq batareyka yaratdi. Bu haqda Chem jurnalida so‘zlandi.
Hozirda implantatsiya qilinuvchi tibbiyot qurilmalarida qattiq litiy-ionli batareykalar ishlatiladi, mavjud qayishqoq batareykalar esa bemor xavfsizligiga xavf soluvchi alangalanuvchi yoki zaharli elektrolitlarga ega.
Olimlar ikki turdagi batareykalarni yaratishdi: ulardan biri ichida elektrodlar joylashgan ko‘p qatlamli tasma, ikkinchisi chilvir ko‘rinishida o‘ralgan nanotrubkalar shaklida bajarilgan. Yangi batareykalar uchun elektrolit sifatida natriy sulfati xizmat qiladi, biroq olimlar u sho‘r suvda yoki tanadan chiquvchi sho‘r suyuqliklarda ham ishlay olishini ta'kidlashmoqda.
Olimlar yangi batareykalar taqib yuriluvchi yoki implantatsiya qilinuvchi qurilmalarga to‘g‘ri kelishiga umid qilmoqdalar.