Facebook kompaniyasi yangi funksiyalarni joriy qilib, ijtimoiy tarmoqni rivojlantirishda davom etmoqda. Eng yirik ijtimoiy tarmoq Germaniyaning Fayteq startapini xarid qiladi. Fayteq video bilan ishlashga mo‘ljallangan plaginlar ishlab chiqaradi. Fayteq turli videomuharrirlar uchun sozlamalarni ishlab chiqqan, masalan, Adobe After Effects. Hi-News shu haqida xabar berdi.
Facebook nemislarning muayyan obektlarni videodan o‘chirish yoki "yo‘l-yo‘lakay" qo‘shib ketish imkonini beruvchi ishlanmasiga qiziqib qoldi. Yaqinda ijtimoiy tarmoq Facebook ilovasi hamda gadjyetlar kamerasi bilan ishlovchi to‘ldirilgan reallik platformasini ishga tushirgandi. Aftidan, Fayteq startapi xaridi AR-yo‘nalishda yangicha imkoniyatlarni yaratadi.
Fayteq ishlab chiqargan ilovaning ishlash tamoyili oddiy: algoritm obektiv qamrab olgan real obektlarni aniqlaydi, keyin esa rolikka mavjud videoqatorga xos muayyan raqamli effektlarni qo‘llaydi.
Bunday texnologiya Facebook'dagi translyatsiyalar yoki Instagram tarixida qo‘l kelishi mumkin. Startapning yuqorida qayd qilingan "kompyutercha nigoh" texnologiyasidan tashqari ko‘pchilikni qiziqtirishi mumkin bo‘lgan boshqa ishlanmalari ham bor.