Amazon rahbari ikki haftada 18 milliard dollar yo‘qotdi

Fan-texnika 23:41 / 14.08.2017 9435

Amazon onlayn-riteyleri asoschisi va rahbari milliarder Jyeff Bezos deyarli 18 milliard dollar yo‘qotdi, bu kompaniyaning zaif chorak hisoboti ma'lumotlari taqdim etilganidan keyin Amazon aksiyalarining narxi pasaygani bilan bog‘liq. Forbes jurnali shu haqida xabar berdi. 

Shu tariqa, Bezos Forbes versiyasi bo‘yicha sayyoraning eng badavlat kishilari reytingida endi uchinchi o‘rinda. Dushanba kungi holatga ko‘ra, milliarderning umumiy boyligi 72,8 milliard dollarga baholanmoqda. Moliyaviy hisobot chop etilgunga qadar esa Bezosning 90,6 milliard dollari bo‘lgan, bu uni bir necha soatga dunyoning eng badavlat kishisiga aylantirgan. 

Hozirda Forbes versiyasi bo‘yicha sayyoraning eng badavlat kishisi Amerikaning Microsoft IT-korporatsiyasi asoschisilaridan biri Bill Geyts hisoblanadi, uning moliyaviy holati 86 milliard dollarni tashkil qiladi. Ikkinchi o‘rinda - 75,6 milliard dollar bilan Berkshire Hathaway kompaniyasi rahbari Uorren Baffet. 

Bloomberg Billionaires indeksi (BBI)ga ko‘ra, dunyoning eng badavlat kishilari ro‘yxatida Jyeff Bezos ikkinchi o‘rinda. Uning moliyaviy holati 83,1 milliard dollarga baholanmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: