Qo‘qon shahrida qurilayotgan ko‘prik Navro‘z bayrami arafasida foydalanishga topshiriladi

O‘zbekiston 16:48 / 13.08.2017 11940

Xalqaro Press-klubning «Sayyor Press-klub» loyihasi vodiy viloyatlaridan biri, Farg‘ona viloyatida davom etmoqda. Unda ishtirok etayotgan mutasaddi rahbarlar, OAV hamda keng jamoatchilik vakillari o‘zini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha fikrlarini almashmoqda. Shulardan biri, ikki yildan beri qurilishi yakunlanmay kelinayotgan Qo‘qon shahri markaziy buyum bozori yaqinidagi ko‘prik masalasi bo‘lib, viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev bu to‘g‘risida ma'lumot berdi.

«Qo‘qon shahridagi ushbu ko‘prik qurilish loyihasi uzoq vaqt davomida tayyorlandi. Ko‘prikni 2018 yil Navro‘z ayyomi arafasida foydalanishga topshirishni rejalashtirganmiz. Qurilishning barcha moliyaviy va texnik jihatlari o‘ylab chiqilgan bo‘lib, yechimini hozirlab qo‘yganmiz», deydi u.

Bundan avval, Kun.uz'da yoritilgan Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi ayrim hududlarda yo‘lning sifatsiz holatda ekanligi, yo‘l qatnovi aholiga qiyinchilik tug‘dirishi aks etgan maqolalarning amaliy yechimi haqida xabar berilgan.

Ko‘proq yangiliklar: