Kanadalik pastor Shimoliy Koreyadagi 2 yillik mahbuslikdan keyin uyiga qaytdi

Jahon 09:24 / 13.08.2017 4790

Kanadalik pastor Xeon Su Lim Shimoliy Koreyadagi 2 yillik mahbuslikdan keyin uyiga qaytdi. Bu haqda Associated Press axborot agentiligi xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, u Shimoliy Koreyaga qarshi faoliyati uchun umrbod qamoq jazosi va og‘ir mehnatlarga duchor qilingandi, biroq o‘tgan haftada vazn yo‘qotish oqibatida salomatligi yomonlashganini sababli ozod qilingan.  

Pastor o‘g‘lining aytishicha, uning otasi Kanada hukumatiga unga ko‘rsatilgan yordam uchun cheksiz minnatdor va o‘z cherkovida yakshanba ibodatini o‘tkazish imkoniyatini intiqlik bilan kutmoqda.

Shimoliy Koreya iyunda 15 yilga ozodlikdan mahrum qilingan amerikalik Otto Uormbirni ozod qilgandi. U keyinroq Shimoliy Koreyadagi mahbuslikda salomatligiga putur yetgani sababli AQShda vafot etgandi.

Ko‘proq yangiliklar: