Eronda toshqinlar oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi

Jahon 12:12 / 13.08.2017 5041

Eron shimoli-sharqida yuz bergan toshqinlar oqibatida Xuroson-Razavi viloyatida 9 kishi halok bo‘ldi, yana 4 kishi bedarak yo‘qoldi. Bunday ma'lumotlarni Eronning IRNA axborot agentiligi keltirdi.

Halok bo‘lganlar orasida sayyohlar bor. Ma'lum qilinishicha, toshqinlar mamlakat shimoli-sharqida 11 avgustda kuzatilgan kuchli yomg‘irlardan keyin boshlangan.

“Yordam berish bo‘yicha operatsiyalar muammolar to‘liq hal qilinmaguncha davom etadi”, deb aytgan viloyatning inqirozli vaziyatlar boshqarmasi bosh direktori Xo‘jaali Shayonfar.

Ko‘proq yangiliklar: