Yaponiya KXDR raketalari hujumini bartaraf etuvchi mudofaa tizimini ishga tushirdi

Foto: NHK
Shimoliy Koreyaning Tinch okeani hududidagi Guam oroliga zarba berish tahdididan so‘ng Yaponiya KXDR raketalari hujumini bartaraf etuvchi mudofaa tizimini ishga tushirdi. Ta'kidlash joizki, Guam orolida Amerikaning Andersen va Apra-Xarbor harbiy bazalari joylashgan. NHK shu mavzuga to‘xtalib o‘tdi.
Pxenyan bayonotiga ko‘ra, KXDR o‘z tahdidini amalga oshirgan taqdirda ballistik raketalar Yaponiyaning Simane, Xirosima va Koti provinsiyalari ustidan uchib o‘tib, Guam yaqiniga borib tushadi.
"Shanba kuni uch prefektura, shuningdek ularning yonida joylashgan Exime prefekturasiga PAC-3 AQSh raketa mudofaa majmui ishga tushirilishi uchun mas'ul Yaponiya havo mudofaasi bo‘limi yetib kelgan", - deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, Yaponiya mudofaasining dengiz kuchlari Yapon dengiziga takomillashtirilgan Aegis radiolokatsion tizimi bilan ta'minlangan kemasi jo‘natgan. U ballistik raketalarni nazorat qilishga yo‘naltirilgan.

Mavzuga oid

19:20
Kim Chen In Rossiyani G‘arb tajovuzidan himoya qilishga va’da berdi

17:46 / 09.05.2025
Kim Chen In rahbarligi ostida harbiy o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazildi

18:47 / 08.05.2025
FXX: Rossiyaga kelayotgan Shimoliy Koreya fuqarolari soni keskin kamaydi

21:14 / 05.05.2025