2025 yilga borib yo‘lovchilarni tashish bilan shug‘ullanuvchi samolyotlar haydovchisiz parvoz qilishi mumkin. "Kommersant" nashriga ko‘ra, soha vakillari shunday xulosaga kelishgan.
2025 yilda masofadan boshqariluvchi laynerlar paydo bo‘ladi, bu tashuvchi-kompaniyalarga yiliga 35 milliard dollar tejash imkonini beradi. Birinchi navbatda uchuvchilar maoshiga yo‘naltiriluvchi xarajatlar sezilarli ravishda qisqaradi.
Umuman olganda, yo‘lovchilar uchun ham ma'lum ma'noda qulaylik tug‘iladi, zero parvozning avtomatlashuvi chiptalar narxining 10 foizga arzonlashishiga olib keladi. To‘liq avtopilot texnologiyasi ustida Boeing kabi gigant ishlamoqda. Kompaniya uchuvchining o‘rniga sun'iy intellekt qaror qabul qiluvchi dasturiy ta'minot ishlab chiqaradi.
Biroq yo‘lovchilar hozircha bunday salohiyatdan xavfsirashmoqda, so‘roq qilinganlarning 54 foizi uchuvchisiz laynerda parvoz qilmasliklarini ta'kidlashgan, hatto chiptalar narxining pasayishi ham vaziyatni qutqarmaydi. Kabinadagi uchuvchining o‘rnini hech kim bosa olmaydi deb hisoblovchi ba'zi ekspertlar ham bunga salbiy munosabat bildirishgan.