Uyimni sizga sotaman, deb firibgarlik qilgan shaxs ushlandi

Jamiyat 15:23 / 12.08.2017 8773

Toshkent viloyatida bir necha fuqarolarni aldab, ishonchini suiiste'mol qilib, moddiy manfaatdorlik evaziga ishlarini bitirib berishini aytib, firibgarlik qilgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Qibray tumanida, 2016 yilning avgust oyida Surxondaryo viloyatida yashovchi 1992 yilda tug‘ilgan M.Yu. firibgarlik yo‘li bilan tanishi, Qibray tumanida yashovchi, uy bekasi, 1985 yilda tug‘ilgan N.R.ni ishonchini suiste'mol qilib, «3 ga yerni qonuniy xujjatlar asosida olib beraman» – deb aldab, undan 1.600 AQSh dollarini olib, shu kunga qadar qaytarib bermagan.

Shuningdek, O‘rtachirchiq tumanida, 2015 yilning dekabr oyidan 2016 yilning dekabr oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida Piskent tumanida yashovchi 1990 yilda tug‘ilgan O.A. firibgarlik yo‘li bilan, O‘rtachirchiq tumanida yashovchi 1981 yilda tug‘ilgan A.N. ni ishonchini suiste'mol qilib, «uyimni sizga sotaman», deb aldab, undan 1.500 AQSh dollarini olib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Hozirda ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: