Amerikaning HBO telekanali o‘z tizimidagi kamchiliklarni ko‘rsatgan xakerlarga 250 ming dollar mukofot puli berishini e'lon qildi deb yozmoqda The Hollywood Reporter. Nashr kanalning bosh menejyerlaridan birining nomidan yozilgan maktubni o‘rganib chiqdi. Unda tarmoq muzokaralarga kirgani qayd etilgan.
Avvalroq, Mr. Smith taxallusi bir guruh xakerlar HBO kabel televideniyesi tarmoqlarini buzib, evaziga 6 mln dollarga teng bitkoinlarda to‘lov talab qilishgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.
Xakerlarning ta'kidlashlaricha, ular HBO telekanaliga tegishli 1,5 terabayt ma'lumotni o‘g‘irlagan. Ular allaqachon teleseriallarning ayrim lavhalarini namoyish ham qilishgan.
Maktubda aytilishicha, tarmoq «zaruriy hisob raqami ochib bitkoinlar xarid qilgach» to‘lovni amalga oshiradi.
«Biz yirik miqdorda bitkoin to‘lovlarini amalga oshirish uchun kerakli infratuzilmalarni joriy qila olmadik, garchi buning uchun qadamlar tashlagan bo‘lsak ham».
Nashr ushbu maktubning haqiqiyligini tasdiqlay olmagan.