Andijonning Xonobod shahridagi “Sibuz Invest” xorijiy korxonasi taqdiri nima bo‘ladi?

Jamiyat 20:19 / 12.08.2017 16322

Xalqaro Press klubning Andijon viloyatidagi sayyor sessiyasida qator muammolar, aholini qiynayotgan masalalar muhokama qilindi. Tadbirkorlar, aholi murojaatlariga javoblar berildi. 

Xususan, sessiya moderatori Sh. Qudratxo‘jayev viloyat Monopoliyaga qarshi kurashish va raqobatni rivojlantirish boshqarmasiga murojaat qilib, bir mojaro borligini aytdi va masalaga oydinlik kiritdi. 

Moderatorning so‘zlariga ko‘ra, “Sibuz Invest” degan 100 foiz xorijiy sarmoya asosida ishlayotgan korxona direktori XPKga murojaat qilib, ayni vaqtda korxona Davlat monopoliyaga qarshi kurash va raqobat qo‘mitasining Andijon viloyati boshqarmasi bilan sudlashayotganini bildirgan. “Tadbirkorning aytishicha, boshqarma 85 kishi ishlaydigan korxonani olib qo‘yish uchun harakat qilmoqda. Bu holatda 85 kishi ishsiz qoladi. Shuni ochiq aytib bering. Korxona olib qo‘yilmasa kerak, to‘g‘rimi?”, - dedi moderator. 

Bunga viloyat raqobat boshqarmasi boshlig‘i Rustam Sharifov javob berar ekan, Xonabod shahrida faoliyat yurituvchi “Sibuz Invest” korxonasi hududida bo‘sh turgan, foydalanilmayotgan bino qismi bo‘lganini bildirdi. “O‘sha bo‘sh turgan qismidan kelgusida samarali foydalanish maqsadida obektning davlat tasarrufidan chiqarish bo‘yicha hujjatlari o‘rganilib, da'vo arizasi kiritilgan. Korxona esa, bo‘sh turgan qismda boshqa tadbirkor ijara asosida faoliyat yuritayotganini bildirib, bugungi kunda boshqarmaning da'vo arizasini qaytarib olish bo‘yicha Respublika sudiga murojaat qilganmiz”, - deya javob berdi Sharifov. 

Moderator shu o‘rinda savolga javobdan qoniqish hosil qilmaganini ta'kidlar ekan, bu viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonovdan masalani o‘z nazoratiga olishni iltimos qildi.   

Ko‘proq yangiliklar: