Amerikalik ayol teleboshlovchi AQShda harbiy to‘ntaruv amalga oshirishga chaqirdi

Jahon 21:08 / 12.08.2017 18591

Amerikalik aktrisa va teleboshlovchi Chelsi Xendler generallarni AQSh prezidenti Donald Trampni to‘ntarishga chaqirdi. U harbiy to‘ntaruv qanchalik tezroq amalga oshirilsa, mamlakat uchun shunchalik yaxshi bo‘lishi fikrini bildirgan.

“Bizning bosh ahmoqni o‘rab turgan barcha generallar uchun, siz Trampni to‘ntarish uchun qanchalik uzoq vaqt kutsangiz, tarix uchun sizning nomingiz shunchalik salbiy bo‘ladi”, deb yozgan Xendler tvitterda.

Ta'kidlash joizki, bu taniqli odamlarning Trampga qarshi birinchi chiqishlari emas. Misol uchun, may oyida amerikalik komedik aktrisa va teleboshlovchi Keti Griffin Trampning tanasidan judo qilingan boshi mulyajini sochlaridan ushlagancha suratga tushgandi.

Ko‘proq yangiliklar: