Turkiyada Qurbon hayit bayrami 10 kun davom etishi mumkin

Jahon 20:08 / 11.08.2017 21369

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an juma kuni tez orada nishonlanadigan Qurbon Hayit (Iyd al-Adha) bayramini yana 10 kun nishonlashni taklif qildi. «Bu bilan sayyohlarning ham kayfiyati chog‘ bo‘ladi», deb fikr bildirgan u.

Mamlakat Bosh vaziri Binoli Yildirim mazkur taklif yuzasidan hal qiluvchi qaror 15 avgust kuni qabul qilinishini aytgan. «Prezident raislik qiladigan Vazirlar Mahkamasining navbatdagi yig‘ilishida bu masalaning ayrim jihatlariga to‘xtalib o‘tamiz, ana shundan keyin yakuniy qarorni e'lon qilish mumkin», - degan u.

Turkiya Musulmonlar ittifoqining ma'lumotiga ko‘ra, ushbu diniy bayram yoz oyining so‘nggi kunida nishonlanishi kutilmoqda. Mahalliy an'anaga asosan, bayram to‘rt kun davomida keng nishonlanadi.

Avgust oyining 30 sanasida mamlakat aholisi «G‘alaba kuni»ni ham bayram qiladi. Ba'zi tadbirkor, eksportyorlar bunday uzoq bayramlar nishonlanishidan nolib, qaror ma'qullanmasligini so‘ramoqda. Sayyohlik sohasida faoliyat olib boruvchilar uchun bunday yangilik ayni muddao bo‘lishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: