«O‘zstandart»ga yangi rahbar tayinlandi
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi («O‘zstandart») jamoasiga yangi rahbar tanishtirildi.
Tashkilot rasmiy saytida ma'lum qilinishicha, Abduhamid O‘tkurovich Karimov agentlikning yangi bosh direktori etib tayinlangan.

U ushbu lavozimda endilikda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziriga aylangan Aktam Hayitov o‘rnini egalladi.
Abduhamid Karimov bunga qadar agentlikdagi bo‘limlardan birini boshqarib kelayotgandi.
U 1971 yilda tug‘ilgan, Kimyo texnologiyalari instituti bitiruvchisi.
Mavzuga oid

12:19 / 03.06.2021
«O‘zstandart» agentligi tugatilib, o‘rniga yangi agentlik tashkil etilmoqda

17:23 / 09.04.2021
Tojikistonlik metrolog mutaxassislar O‘zbekistonda malaka oshirishmoqda

10:40 / 16.02.2021
«O‘zstandart» agentligi faoliyati tanqidiy ko‘rib chiqildi

12:32 / 15.02.2021