Haydovchilarning mehnat va dam olish rejimi nazorat qilinadi

Jamiyat 11:40 / 09.08.2017 17750

O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘ining buyrug‘i (Adliya vazirligi tomonidan 28.07.2017 yilda 2906-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) bilan Avtomobil transportida yo‘lovchilar va yuklar tashuvchi avtotransport vositalarida litsenziya kartochkalari mavjud bo‘lishini, O‘zbekiston Respublikasi hududida xalqaro avtomobillarda tashuvlarni amalga oshirish shartlariga rioya etilishini, haydovchilarning mehnat va dam olish rejimiga rioya etilishini nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

Avtomobil transportida yo‘lovchilar va yuklar tashuvchi avtotransport vositalarida litsenziya kartochkalari mavjud bo‘lishini, O‘zbekiston hududida xalqaro avtomobillarda tashuvlarni amalga oshirish shartlariga rioya etilishini, haydovchilarning mehnat va dam olish rejimiga rioya etilishini nazorat qilish yo‘lovchilar to‘planadigan va yuklar ortiladigan hamda tushiriladigan yirik punktlarda, hamda IIV Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining statsionar postlarida amalga oshiriladi.

Nazorat O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi hududiy boshqarmalarining inspektorlari tomonidan amalga oshiriladi.

Nazoratni amalga oshirishda inspektor:

•  avtotransport vositasining oldiga kelishi, haydovchiga o‘zini tanishtirishi, haydovchining talabiga ko‘ra xizmat guvohnomasini ko‘rsatishi;
•  haydovchilarga ularning huquqlarini tushuntirishi;
•  shaxsning huquq va qonuniy manfaatlariga qat'iy rioya qilishi, o‘z xizmat vazifasini aniq bajarishi, haydovchiga nisbatan madaniyatli muomalada bo‘lishi lozim.

Inspektor litsenziya kartochkasini ko‘zdan kechiradi. Lisenziya kartochkasi mavjud bo‘lmagan taqdirda, tegishli dalolatnoma tuziladi.

O‘zbekiston hududida xalqaro avtomobillarda tashuvlarni amalga oshirish shartlariga rioya etilishini nazorat qilishda inspektor tomonidan quyidagilar tekshiriladi:

•  yo‘lovchilar, bagaj va yuklarni muntazam va nomuntazam tashish uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni;
•  harakat jadvaliga rioya qilinishini;
•  nomuntazam xalqaro avtomobilda yo‘lovchilar va bagaj tashishlarda yo‘lovchilar ro‘yxati mavjudligini;
•  O‘zbekiston hududida xorijiy davlatlarga tegishli bo‘lgan avtotransport vositalarida yo‘lovchilar, bagaj yoki yuklarni tashish, shu jumladan O‘zbekiston hududiga vaqtinchalik keltirilgan xorijiy davlatlar avtotransport vositalarida tashishlarni amalga oshirishda xalqaro shartnomalar shartlariga rioya etilishini;
•  xorijiy davlatlarga tegishli bo‘lgan avtotransport vositalarining O‘zbekiston hududiga belgilangan o‘tish punktlari orqali kirib kelganligini.

Xorijiy davlatga tegishli bo‘lgan avtotransport vositasi nazoratdan o‘tkazilganda ushbu avtotransport vositasiga berilgan ruxsatnoma blankasining orqa tomoniga tegishli yozuv orqali nazorat o‘tkazilganligi qayd etiladi hamda inspektor tomonidan imzolanib, maxsus shtamp bilan tasdiqlanadi.

Avtomobilda xalqaro tashishlarni amalga oshirishda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimi Xalqaro avtomobilda tashishni amalga oshiruvchi transport vositalari ekipajlari ishiga daxldor Yevropa Bitimiga (Jyeneva, 1970 yil 1 iyul) muvofiq belgilanadi. Bu yerda nazorat qilish Raqamli nazorat qurilmalaridan foydalanish to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 2346, 2012 yil 26 mart) muvofiq raqamli nazorat qurilmasi xotirasida saqlanib qoladigan parametrlar orqali nazorat qilib boriladi.
 
O‘zbekiston hududida ichki tashuvlarni amalga oshirishda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimi Mehnat kodeksiga muvofiq belgilanadi va yo‘l varaqasi orqali nazorat amalga oshiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: