Peterburgda pensioner ayoldan 42 kilogramm keluvchi o‘simta olib tashlandi
Sankt-Peterburgdagi 31-sonli shahar shifoxonasi jarrohlari 72 yoshli ayoldan 42 kilogramm keluvchi o‘simtani olib tashlashdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Shifoxonaning jarrohlik bo‘limi mudiri Vadim Grigoryanning aytishicha, tahlillar o‘simta qoringa yaqin qismda joylashgani va yonida turgan boshqa ichki a'zolarni ezib turganini ko‘rsatdi.
«O‘simtani olib tashlaganimizdan so‘ng, ezilgan a'zolarni ajratdik va joyiga qaytardik», - degan jarroh.
Uning so‘zlariga ko‘ra, amaliyot hech qanday asoratlarsiz o‘tgan, bir hafta o‘tib bemor uyiga yo‘l olgan.
Mavzuga oid

13:14 / 05.03.2025
Sankt-Peterburgdagi “kichik Samarqand” yoxud Buxoro amiri qurdirgan masjid haqida bilasizmi?

08:04 / 03.03.2025
Peterburgdagi qurilishda o‘zbekistonlik ishchi halok bo‘ldi

07:50 / 27.12.2024
O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi

23:04 / 25.12.2024