«O‘ztransgaz» rahbari ishdan ketdi

O‘zbekiston 18:51 / 04.08.2017 64540

«O‘ztransgaz» aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi Ergash Raxmatullayevich Shoismatov o‘z lavozimini tark etgan.

Kompaniya saytidagi ma'lumotga ko‘ra, ayni vaqtda Alisher Sayfullayevich Mustafoyev boshqaruv raisi hisoblanadi.

Ergash Shoismatov «O‘ztransgaz»ga o‘tgan yilning dekabridan buyon rahbarlik qilib kelayotgandi. U o‘z vaqtida bosh vazir o‘rinbosari bo‘lgan.

Alisher Mustafoyev bungacha «Muborakneftgaz» korxonasida bosh muhandis sifatida ishlagan.

Ko‘proq yangiliklar: