Afg‘onistonda hukumatga qarshi aksiya bo‘lib o‘tdi

Afg‘oniston g‘arbidagi Hirot shahrida hukumatga qarshi ko‘p ming sonli norozilik aksiyasi bo‘lib o‘tdi. Aktsiya mamlakatdagi xavfsizlik sohasi bilan bog‘liq muammolarga bag‘ishlandi.
Shahar markazida yig‘ilgan aksiya ishtirokchilari kecha masjidga uyushtirilgan hujum oqibatida halok bo‘lganlar fotosuratlarini qo‘llarida tutib olishgan.
Shuningdek, kishilar “Hayot xavfsiz bo‘lishini talab qilamiz!”, “Yashashni istaymiz”, “Terrorchilarga o‘lim!” deya hayqirishgan.
Hirot shahar kengashi rahbari Kamron Alizoiyning ta'kidlashicha, shahardagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat kun sayin og‘irlashib bormoqda.
“Hukumat kerakli choralarni ko‘rmayapti, fuqarolar esa har kuni o‘lim bilan yuzma-yuz kelishmoqda”, - dedi Alizoiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Hirot aholisi birinchi navbatda xavfsizlik tuzilmalari rahbarlarining iste'fosini talab qilmoqda.
Mavzuga oid

11:58 / 11.03.2025
Tesla aksiyalari qiymati bir kunda 15 foizga tushib ketdi

18:53 / 05.03.2025
Tramp afg‘onistonlik «Bosh terrorchi» hibsga olinganini e’lon qildi

17:10 / 04.03.2025
“Tolibon”ning Qo‘shtepa kanali. Buning O‘zbekistonga ta’siri qanday bo‘ladi?

10:36 / 03.03.2025