Apple kompaniyasining uchinchi chorakdagi sof foydasi 12 foizga o‘sdi

Iqtisodiyot 09:37 / 02.08.2017 6634

Elektronika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Apple kompaniyasining 2016-2017 moliyaviy yili uchinchi choragidagi sof daromadi 12 foizga o‘sib, 8,717 milliard dollarni tashkil etdi. Bu haqda kompaniya hisobotida so‘z yuritilgan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. 

"Yillik pul tushumi o‘sishi 7 foiz bo‘lgani holda, biz uchinchi chorakda ham iqtisodiy o‘sish tezlashgani va xizmat ko‘rsatishdan rekord darajada foyda olinganini ma'lum qilishdan xursandmiz", — degan Apple rahbari Tim Kuk.

Kompaniyaning hisobot davridagi tushumi o‘tgan yilning shu davri bilan qiyoslaganda 7 foizga o‘sib, 45,408 milliard dollarni tashkil etgan. 

Amerikaning Apple korporatsiyasiga 1976 yili Stiv Jobs, Stiv Voznyak va Ronald Ueyn tomonidan asos solingan. Kompaniya bosh qarorgohi Kaliforniyaning Kupertino shahrida joylashgan. Apple shaxsiy va planshet kompyuterlar, audiopleyer, telefon, "aqlli" soatlar va dasturiy ta'minotlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. 

Ko‘proq yangiliklar: