Shveytsariya Markaziy banki daromadi 6 oy ichida 17 barobarga tushib ketdi

Iqtisodiyot 17:12 / 31.07.2017 8518

Shveytsariya Milliy banki (Banque nationale Suisse) daromadi 2017 yilning olti oyida 1,2 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi. O‘tgan yili bu raqam 22 mlrd dollarga teng bo‘lgan. Bu haqda Shveytsariya moliyaviy tashkiloti saytida xabar qilindi.

«BNS natijalari oltin, valyuta, kapital bozorlaridagi o‘zgarishlarga bog‘liq. Aynan shuning uchun kuchli fluktuatsiyalar qoidaning bir qismi bo‘lib, hozirgi ko‘rsatkichlarga asosan qandaydir xulosalar qilish juda mushkul», - deya aniqlik kiritishgan Shveytsariya Markaziy bankidan.

Ko‘rsatilgan davrda valyutalar kursining o‘zgarishi hisobidan ko‘rilgan zarar 12,2 mlrd dollarni tashkil etdi.

Bu davrda banklar aktivlari 4 foizga o‘sib, 799 mlrd dollarga teng bo‘ldi, ulardan oltin zaxiralari – 4 foizga oshgan (747 mlrd dollar).

Ko‘proq yangiliklar: