Eron Telegram serverlari mamlakatga ko‘chirilganini e'lon qildi, Durov esa buni rad etmoqda

Fan-texnika 07:49 / 31.07.2017 4419

Eron axborot va ommaviy kommunikatsiyalar vazirligi mamlakatda ommalashgan Telegram messenjeri o‘zining bir qism serverlarini Eron hududiga ko‘chirib o‘tkazganini e'lon qildi. Vazirlik xabarida aytilishicha, bu Eron hukumatining messenjer asoschilari bilan uchrashuvi natijalariga ko‘ra amalga oshirilgan.

Biroq Telegram asoschisi Pavel Durov Associated Press axborot agentligiga ma'lum qilishicha, bunday hodisa yuz bermagan va uning kompaniyasi hech qachon Eronda serverlarini joylashtirmagan. Keyinroq u gap ehtimol Telegram ba'zi davlatlarda messenjerda ma'lumotlar almashishni tezlashtirish uchun ijaraga oladigan CDN-nodlar haqida ketayotganini tushuntirgan. Bunday uzellar hech qanday maxfiy ma'lumot saqlamaydi va foydalanuvchilar yozishmalariga kirishga ega emas.

CDN-nodlar Telegram’da ommalashgan havolalarni keshlaydi va foydalanuvchilarga u yoki bu kontentni tezroq ko‘rishga imkon beradi.

Durov avvalroq bir necha marotaba u yoki bu davlat hukumatining bosimi ostida Telegram serverlarini ular hududlariga qonun talablaridan qat'iy nazar o‘tkazmoqchiligini rad etgan.

Eronda Telegram’ning har oylik auditoriyasi 40 mln kishini, ya'ni mamlakat aholisining yarmini tashqil qiladi. Telegram Eronda 2015 yilda to‘sib qo‘yilgan, biroq keyin to‘siq olinib, Durovdan eronliklar yozishmalarini mamlakat ichida saqlash talab qilingan. Durov buni rad etganiga qaramay, messenjer ishlashda davom etgan.

Ko‘proq yangiliklar: