AQShning Las-Vegas shahrida o‘tgan xakerlar tanlovi ishtirokchilari saylovlardagi ovozlarni hisoblashga mo‘ljallangan mashinalarga 1,5 soat ichida buzib kirdilar.
Jumladan, xakerlar ba'zi qurilmalarga virus o‘rnata olganlar, boshqa qurilmalarga eskirib qolgan dasturlar o‘rnatilgan. Ko‘plab zaif joylarni tanlovning ilk daqiqalaridayoq aniqlashga muvaffaq bo‘lingan, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentiligi.
“Shubhasiz, bizning ovoz berishga mo‘ljallangan tizimlarimiz juda zaifdir», deb aytgan tanlov tashkilotchilaridan biri Jyeyk Braun. Uning aytishicha, tanlovda qo‘llanilgan barcha texnika eBay auksionida sotib olingan.