AQSh Yaponiyaga bir qism yerini qaytarib berdi

Foto: CCO
AQSh Yaponiyaga Okinava prefekturasida joylashgan Ginovan shahridagi 4 gektar yer maydonini qaytarib berdi.
Bu yerda AQSh dengiz piyoda qo‘shinlari korpusi aviabazasi joylashgan. Mahalliy aholining aytishicha, ushbu hududda konvertoplanlarning parvoz qilishi aholiga xavf soladi. Natijada bazani Xenoko tumaniga ko‘chirishga qaror qilingan.
Mutaxassislarning aytishicha, yerning qaytarilishi AQShning o‘z qo‘shinlarini bu hududdan olib chiqib ketishi oxir-oqibat qotgan joydan siljiganini ko‘rsatishga urinishi hisoblanadi.
Kyodo axborot agentligining ma'lum qilishicha, mahalliy aholi va hukumat AQShga tegishli Futemma aviabazasining Okinava tashqarisiga to‘liq olib chiqilishini talab qilmoqdalar.
Mavzuga oid

11:02
AQSh Ta’lim vazirligi xodimlarining deyarli yarmini qisqartiradi

08:30
AQSh Ukrainaga yordam taqdim etishni tikladi

18:09 / 11.03.2025
Trampni qo‘llab-quvvatlagan biznes elita milliardlab dollar yo‘qotdi

17:26 / 11.03.2025