McLaren sobiq rahbariga 50 mln dollar to‘lashi kerak yoki F-1 kolleksiyasidan ayriladi

Fan-texnika 11:25 / 29.07.2017 5064

McLaren kompaniyasi va uning poyga bo‘limi sobiq rahbari Ron Dennis firmadan tarixiy Formula-1 mashinalari to‘plamini olib qo‘yishi mumkin. Autosport portalining yozishicha, «Maklaren» Dennisga sotilgan aksiyalar uchun 50 mln dollar to‘lashi kerak. Aks holda, u asariyati jahon chempionatlarida g‘olib bo‘lgan 13 ta avtomobilga ega chiqadi. 

Dennisning kompaniya va uning poyga bo‘limi rahbarligidan ketishi iyun oyida ma'lum bo‘lgan edi. U McLaren Technology Group va McLaren Automotive aksiyalarini sotishga qaror qilgan edi. Keyinroq aniq bo‘lishicha, Dennis va boshqa aksiyadorlar o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq, agar firma unga pul to‘lamasaa, mashinalarni berishga majbur bo‘ladi. 

Turli manbalarga ko‘ra, «Maklaren» belgilangan mablag‘ni to‘lash niyatida. 

Motorsport portaliga ko‘ra, poyga mashinalari to‘plamida MP4-1 (jamoaning 1981 yilgi mavsum uchun karbondan foydalanib yasagan ilk mashinasi), shuningdek, Nik Laud (1984 yil), Alen Prost (1989), Ayrton Senna (1990 va 1991 yy.), Mik Xakkinen (1998 va 1999 yy) va Lyuis Hemilton (2008) boshqargan mashinalar bor. Bundan tashqari, to‘plamga 1988 yildagi MP4/4-1, Sennaning 1993 yilgi so‘nggi avtomobili hamda Lamborghini motori o‘rnatilgan MP4/8 prototipi mavjud. 

Ko‘proq yangiliklar: