Finlyandiya poytaxti Xelsinki markazida haydovchining o‘z yuk mashinasini odamlar ustiga haydashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi va 4 kishi jarohat oldi.
50 yoshli haydovchi politsiya tomondan qo‘lga olingan. Taxmin qilinishicha, u mast holatda bo‘lgan.
Barcha jarohatlanganlar shifoxonaga yetkazilganlar. Huquq-tartibot idoralari yo‘l-transport hodisasi tafsilotlarini aniqlashtirmoqdalar.
Voqea yuz bergan Lennrot ko‘chasi to‘sib qo‘yilgan, deb xabar bermoqda Helsingin Sanomat.