Germaniyaning Sono Motors startapi o‘zining ilk ishlanmasini taqdim etdi. Sion deb nomlangan mashina tomiga quyosh batareyalari o‘rnatilgan. Kompaniya bunday elektrokarni 16 ming yevrodan sotishni rejalashtirgan.
Avtomobil tomida 330 ta fotoelektr elementiga ega qo‘yosh paneli o‘rnatilgan. Ular yomon ob-havo sharoitlarining salbiy ta'siri va buzilishlardan polikarbonat qoplama bilan himoyalangan. Umuman, quyosh batareyalari mashinani 30 kmgacha quvvat bilan ta'minlay oladi.
U ikki turdagi 14,4 va 30 kVt*soat hajmli akkumulyatorlar bilan tavsiya etiladi. Sono Sion birinchi tudagi batareya bilan 80 kmga yaqin masofani ortda qoldirsa, ikkinchisida 190 kmga yetadi.
Tez quvvatlash tizimi vositasida batareyalarni 40 daqiqada 80 foizga to‘ldirish mumkin. Kompaniyada ta'kidlashlaricha, yaxshi havo sharoitida akkumulyatorlarni 8 soatda to‘liq quyosh paneli vositasida qayta quvvatlash mumkin bo‘ladi.
Kompaniya loyihani ishga tushirish uchun kraudfanding yo‘li bilan 200 ming yevroga yaqin mablag‘ to‘pladi. Hozirda Sono Motors mashinaga buyurtmalar qabul qila boshladi. Firma mashinani seriyali ishlab chiqarishi uchun 5 ming dona elektrokarga buyurtma qabul qilishi kerak. Bu holda buyurtmachilar mashinalarini 2019 yilda olishadi.