Wi-Fi tarmoqlari davlat nigohida

Fan-texnika 18:27 / 28.07.2017 18772

Avval xabar berilganidek O‘zbekistonda Wi-Fi tarmoqlarini boshqarish tizimi Sensorika MChJ tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, Respublikadagi normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida e'lon qilingan "Simsiz foydalanish ommaviy nuqtasini tashkil etishda axborot xavsizligi ommaviy tashrif joylarida simsiz foydalanish ommaviy nuqtasi foydalanuvchisini identifikatsiya qilish, uning Internet jahon axborot tarmog‘idagi xatti-harakatlari to‘g‘risida axborotlarni yig‘ish va saqlashga imkon beruvchi maxsus dasturiy-texnik vositalarni o‘rnatish hamda simsiz foydalanish ommaviy nuqtasi foydalanuvchisini identifikatsiya qilish" qonun loyihasi talablariga javob berishi bilan e'tiborga loyiqdir.

Ushbu tizim yaqinda Unicon DUKda davlat ekspertizasidan o‘tkazildi va O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi tomonidan №035 raqami ostida ro‘yxatdan o‘tkazilib, vazirlik guvohnomasi berildi.

Ushbu tizim, asosan, bog‘lar, kafe, restoran, mehmonxona, internet-klub va wi-fi tarmog‘i bor har bir tashkilot uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u quyidagi vazifalarni bajaradi:

- Adminpanel orqali statistik ma'lumotlarni kun, oy, yil kesimida ko‘rish: foydalanuvchilar soni, sarf qilingan trafik miqdori, pul tushumi va boshqalarni nazorat qilish;

- Yuklab olinadigan ma'lumotlar hajmi, tezlik, vaqt va narx bilan cheklangan holda tariflar yaratish, ular bo‘yicha statistik-hisobotlar va pul tushumlarini onlayn tarzda ko‘rib borish;

- Cheklanmagan internetli tariflar yaratish yoki oylik abonent to‘lovli tariflar yaratish orqali doimiy mijozlar sonini oshirish va marketing nazorati imkoniyati;

- Internet trafikni sotishdan tushgan foydani kunlik, oylik va yillik kesimlarda ko‘rib borish imkoniyati;

- har bir mijozga avtomatik tarzda login va parol yaratish va uni SMS orqali jo‘natish imkoniyati;

- Jo‘natilgan SMS va ulangan mijozlar sonini kun, oy, yil kesimida ko‘rish imkoniyati;

- Tizimdagi onlayn foydalanuvchilarni nazorat qilish, o‘chirib qo‘yish yoki MAS-adres bo‘yicha umuman taqiqlab qo‘yish imkoniyati;

- Pornografik hamda virusli saytlarni avtomatik ravishda cheklash, ularni Google hamda Yandeks qidiruv tizimlaridan ham olib tashlash, ushbu ma'lumotlar bazasining har kunlik yangilanib borishi (Yandeks DNS bilan hamkorlikda);

- Uyga o‘rnatilgan taqdirda, farzandlar uchun kechki vaqt internetni avtomatik cheklash yoki o‘chirish imkoniyati;

- Internet tezlikni foydalanuvchilar o‘rtasida optimal taqsimlash imkoniyati;

- O‘z korxonasining logotipini kirish sahifasiga o‘rnatish imkoniyati;

- Ijtimoiy tarmoqlar (Facebook, Twitter, Vkontakte va Odnoklassniki) orqali kirganda mijozlarga bepul internet taqdim qilish, bu internetning qancha vaqt, tezlik yoki ma'lumot yuklab olishi uchun alohida cheklovlar o‘rnatish;

- Ijtimoiy tarmoq orqali kirgan mijozga o‘z sahifasida Sizning internet-sahifangizni do‘stlar bilan baham ko‘rish imkoniyatini berish sharti bilan internetga kirishiga ruxsat etish;

- Ijtimoiy tarmoqlar orqali kirgan mijozlarning ma'lumotlari (tug‘ilgan kuni, yashash joyi, yoshi, jinsi va boshqa ochiq ma'lumotlar) necha marotaba va qachon sizning bepul internetingizdan foydalanganligi to‘g‘risidagi ma'lumotlarning adminpanelingizda yig‘ilishi oqibatida ulardan marketing maqsadida foydalanish imkoniyati;

- Ijtimoiy tarmoqda yig‘ilgan mijozlaringiz va SMS orqali yig‘ilgan telefon raqamlarga chegirmalar, aksiyalar va tadbirlaringiz haqida to‘g‘ridan to‘g‘ri xabar berish imkoniyati.

Ushbu ma'lumotlar adminpanelda statistik grafiklar asosida yig‘ib boriladi va korxona rahbari bu ma'lumotlarni dunyoning istalgan joyidan o‘zining login va maxfiy kodini terib kirishi hamda tahlil qilishi mumkin bo‘ladi.

Bu tizimga ulanish uchun hech qanday server yoki murakkab qurilmalarning kerak emasligi, dastur uchun maxsus litsenziyalar sotib olishning hojati yo‘qligi, tizimning global serverlari “O‘zinfokom” data-markazida, Tas-ix zonasida joylashganligi bilan ajralib turadi.

Mijoz ulanishi uchun bir dona Mikrotik qurilmasi internetning kirish joyiga o‘rnatiladi. Oylik abonent to‘lovi to‘langach, mijoz faol holatga o‘tkaziladi va shaxsiy kabinetga kirish uchun ruxsat beriladi.

Qo‘shimcha ma'lumotlarni Hotspot.uz saytidan yoki Telegramdagi @Hotspot_uz kanalidan bilib olishingiz mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: