Starbucks East China kompaniyasining 50 foizini xarid qiladi

Iqtisodiyot 17:15 / 28.07.2017 2746

Amerikaning Starbucks kompaniyasi Xitoy bozorini zabt etishni rejalashtirmoqda. AQShning mashhur qahvaxonalar biznesi East China firmasining 50 foizini xarid qilishini e'lon qildi. Xitoy kompaniyasining qolgan yarmi ayni vaqtda Uni-President Enterprises va President Chain Store firmalariga tegishli. Bitim narxi 1,3 mlrd dollardan oshishi mumkin. Bu haqda CNN-Money xabar qilmoqda.

Agar kelishuv amalga oshgudek bo‘lsa, bu Starbucks tomonidan eng yirik savdo xaridi bo‘ladi. Buning natijasida Amerika giganti Shanghay, Tszyansu va Chjetszyan viloyatlarida 1300 qahvaxonaga ega bo‘ladi. Ta'kidlanishicha, Starbucks Xitoy bozoriga ijobiy yondashmoqda.

2016 yili kompaniya Xitoyda 5 yil mobaynida kuniga bitta qahvaxonasini ochishini bildirgan edi. 2021 yilga kelib Starbucks bu mamlakatdagi mahalliy tarmog‘ini 5 ming savdo nuqtasiga yetkazishni rejalashtirgan. 

O‘tgan yili Starbucks kompaniyasining sobiq rahbari Hovard Shults: «Biz Xitoyda fantastik yilni tamomladik. Uning natijalari avvalgilaridan juda ham ajoyibdir», degan edi. 

Ko‘proq yangiliklar: