Ijarada, qarindoshi yoki tanishining uyida yashovchi talabalarni ro‘yxatga olish tartibi soddalashtiriladi

O‘zbekiston 09:35 / 28.07.2017 28851

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan birgalikda ijarada, qarindoshi yoki tanishining uyida yashovchi talabalarni ro‘yxatga olish tartibining qulay va soddalashtirilgan shaklini ishlab chiqadi va ikki oy muddatda amaliyotga joriy qiladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, Respublika Ma'naviyat targ‘ibot markazi mamlakatimizda ijtimoiy sog‘lom muhitni shakllantirish, yoshlar tarbiyasining ta'sirchan mexanizmlarini joriy etish, shaxsning ma'naviy kamol topishini psixologik qo‘llab-quvvatlanishini ta'minlash, soha mutaxassislarining psixologik bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish, mazkur jarayonlarning ilmiy-amaliy asoslarini yaratish va metodik ta'minotini ishlab chiqish hamda jamiyatda psixologik bilimlarni keng targ‘ib etish maqsadida Toshkent davlat pedagogika universiteti tarkibida Psixologiya o‘quv-ilmiy markazini tashkil etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda taklif kiritadi. 

Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N.Yunusxodjayev zimmasiga yuklandi.

Ko‘proq yangiliklar: