Amerikaning birinchi tijorat avtomobili – Ford Model TT ishlab chiqarilganiga bir asr bo‘ldi.
Bundan 100 yil muqaddam, Amerikaning Ford kompaniyasi Model TT tijorat mashinasini ishlab chiqarish bilan shu rusumdagi avtomobillar sanoatiga asos qo‘ygan edi. Kompaniyaning qayd etishicha, ayni ushbu avtomobil Ford Transit tijorat mashinalarining ilk namunasidir. Ford Transit ko‘p yillar davomida dunyoning turli mamlakatlarida o‘z toifasida eng muvaffaqiyatli sotilayotgan transport vositasi hisoblanadi.
Ford Model T bilan qiyoslanganda ilk tijorat avtomobili keng g‘ildiraklar asosi hamda uzun va kuchaytirilgan ramaga ega bo‘lgan. 3 bosqichli uzatmalar qutisi bo‘lishi uning tepaliklarga osonlik bilan chiqishini ta'minlagan.
Standart uzatmalar qutisiga ega modellar tezligi soatiga 24 kmni tashkil etgan bo‘lsa, uch bosqichli UQ o‘rnatilgan mashinalar soatiga 35 kmni ortda qoldirgan. Model TT o‘sha vaqtlarda barcha modellarga o‘rnatilgan 4 silindrli 2,9 litr hajmdagi motor bilan ta'minlangan. Uning quvvati 20 ot kuchiga teng bo‘lgan. Bundan tashqari, mashina motori mexanik usulda harakatga keltirilgan.
Birinchi yilda jami 209 ta Ford Model TT yig‘ilgan. Bunda 1926 yilda u 228 000 nusxada sotilgan. «Ford yengil yuk mashinalariga 1919 yilda talab oshdi. Birinchi jahon urushi sababli yengil avtomobillar savdosi tushib ketgan edi. Ammo yuk mashinalari iqtisodiyotdagi o‘rni tufayli ko‘p sotilgan», — deya qayd etishgan kompaniya vakillari.
Rivojlanish bosqichlarida natijasida Ford Transit 2015 yilda o‘zining 50 yilligini nishonlagan edi. Bugungi kunda «Tranzit»ning umumiy soni 8 000 000 donadan oshdi.