2017 yilning ikkinchi choragida Facebook kompaniyasining sof daromadi va foydasi ancha oshdi. Bu haqda kompaniya hisobotida aytiladi.
Kompaniyaning bu davrdagi umumiy daromadi 9,32 mlrd dollarni tashkil etdi – o‘tgan yilning shu davri bilan taqqoslaganda 45 foizga ko‘p. Shu bilan birga, Facebook’ning sof foydasi 71 foizga o‘sib, 3,89 mlrd dollarni tashkil qildi.
Kompaniya asosan reklamadan daromad olmoqda – “Daromad” bandida reklamaning ulushi 98,3 foizga teng.
Bundan tashqari, ikkinchi chorakda ijtimoiy tarmoqda ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar soni 2 mlrd.ga yetdi.