Dunyoning eng boy tadbirkorlari ro‘yxatida o‘zgarish, Geytsni ortda qoldirishdi

Iqtisodiyot 19:29 / 27.07.2017 53893

Amazon asoschisi Jyef Bezos 90 mlrd dollar bilan dunyodagi eng badavlat insonga aylandi, deb xabar bermoqda CNBC.

Forbes’ning real vaqtdagi hisob-kitobiga ko‘ra, Bezosning davlati 90,6 mlrd dollarga teng, Geytsniki esa — 90,1 mlrd dollarni tashkil etadi.

Amazon’ning aksiyasi narxi bir kechada 15 dollardan oshdi, Microsoft qimmatli qog‘ozlari narxi esa biroz pasaydi.

Agentlikning ta'kidlashicha, Amazon aksiyalari biroz pastga sho‘ng‘ishi, Microsoft’niki esa oshishi mumkin. Biroq, hattoki shu vaziyatda ham Bezos yaqin kunlarda Geytsga nisbatan birinchilikni o‘ziga qaytaradi.

Ko‘proq yangiliklar: