Bankda milliy valyutada hisob-raqam ochish uchun qanday hujjatlar kerak?

Iqtisodiyot 18:25 / 27.07.2017 21386

SAVOL: Men tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchiman. Tadbirkorlik sub'yektlari bankdan milliy valyutada hisob-raqam ochish uchun qanday hujjatlar taqdim qilishlari kerak?

Shahobiddin RASULOV,

Toshkent shahri

JAVOB: O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisob-varaqlari to‘g‘risidagi Yo‘riqnomaga asosan tadbirkorlik faoliyati sub'yektlari bo‘lgan rezident yuridik shaxslar milliy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisob-varaqlari ochish uchun bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

a) mazkur Yo‘riqnomaning 2-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq hisob-varaq ochish to‘g‘risida ariza;

b) mazkur Yo‘riqnomaning 3-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan ikki dona varaqcha;

v) mijoz nomidan pul hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki uning o‘rnini bosadigan hujjat). Shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asli ko‘rsatilgandan so‘ng, bank tomonidan undan nusxa olinadi.

Savolga «O‘zmilliybank» Toshkent shahar bosh boshqarmasi yetakchi yuriskonsulti Boburbek ABLABKOV javob berdi.

Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.

Ko‘proq yangiliklar: