Amazon kapitallashuvi 500 mlrd dollarga yetdi

Fan-texnika 00:53 / 27.07.2017 6611

26 iyuldagi savdolar davomida Amazon kompaniyasi kapitallashuvi 500 mlrd dollardan oshdi, deb xabar bermoqda Financial Times nashri.

Ma'lum qilinishicha, 2016 yil oxiridan kompaniya narxi 146,3 mlrd dollarga oshgan.  

Amazon aksiyasi narxi 0,97 foizga oshib, 1050,1 dollarni tashkil qilgan, uning kapitallashuvi esa 502,31 mlrd dollarga yetgan.

Avvalroq Amazon rahbari supermarketlar tarmog‘ini sotib olgandan keyin 2,8 mlrd dollarga boyib olgani ma'lum qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: